Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Qatardagi jahon chempionati boshlanishidan oldin olgan jarohatidan to'liq forig' bo'ldi. Diario AS xabariga ko'ra, frantsiyalik hujumchi Karlo Anchelotti jamoasida Ispaniya chempionatining navbatdagi turida 30 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Valyadolid"ga qarshi o'yinda maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Benzema Frantsiya terma jamoasi ixtiyorida qolishi va JChda ⅛ final bosqichidan boshlab o'ynashni boshlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Karim turnir boshlanishidan oldin uyiga jo'nab ketdi.
Benzema Argentinaga qarshi o'yinda Frantsiya termasini qo'llab-quvvatlash uchun jahon chempionatining final o'yini uchun Qatarga uchishdan bosh tortdi.