"Real" yarim himoyachisi Marko Asensioning kelajagi yil oxirigacha hal bo'ladi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manba bergan xabarga ko'ra, yaqin ikki hafta ichida 26 yoshli ispaniyalik Madrid klubi rahbariyati bilan uchrashib, faoliyatini davom ettirish variantlarini muhokama qiladi.
Joriy mavsumda Asensio "Real" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
26 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.