Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan “qirollik” klubidagi sobiq jamoadoshi Luka Modrichga murojaat qildi.
“Modrich tirik afsonadir. Birodar, qalbimda abadiy qolasiz. Yana bir bor ajoyib futbol ko'rsatib qo'ydingiz", - dedi ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Bugun, 17 dekabr kuni Xorvatiya terma jamoasi Marokash terma jamoasi bilan uchinchi o'rin uchun bahsda maydonga tushadi.