"Barselona" prezidenti Joan Laporta, "Real" prezidenti Florentino Peres va Superliga promouteri A22 Sport kompaniyasi bosh direktori Bernd Reyxart juma kuni Madridda Evropa futbolini isloh qilishning yangi usullarini o'rganishni davom ettirish uchun uchrashdilar. Bu haqda "Barselona" matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Yangi Iqtisodiyot Forumi konferentsiyasi doirasida bo'lib o'tdi, unda A22 Sport bosh direktori Bernd Reyxart ma'ruzachi sifatida so'zladi.
O'yindan so'ng A22 Sport "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida qisqacha bayonot berdi: "Biz Evropa futbolini isloh qilish, raqobat, barqarorlik va boshqaruvni yaxshilash ustida ishlashda davom etamiz. Biz Evropaning 10 ta davlatidagi ko'plab klublar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, ular ushbu sport turi duch keladigan muammolar haqida o'z qarashlarimiz bilan o'rtoqlashadi. Biz bir joyda turolmaymiz".