"Real" "Borussiya" futbolchisi Jud Bellingem uchun APL klublari bilan moliyaviy jihatdan raqobatlasha olmaydi.
Jurnalist Xorxe Pikonning so'zlariga ko'ra, “qirollik klubi” angliyalik futbolchini kelasi yozda Madridga ko'chib o'tishga ko'ndirmoqchi, biroq hozircha asosiy muammo shartnomaning moliyaviy qismi bo'lib turibdi. "Real" Jud uchun zarur bo'lgan 150 million evroni to'lashga tayyor emas, Premer-liga klublari esa bunday xarajatlarni ko'tarishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Tumanli Albionda Jud xizmatlariga Manchesterning ikki klubi, shuningdek, "Liverpul" va Londonning "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.