Kroyff boshchiligidagi "Barselona" darvozasiga uchta gol urgan "Inter" va "Real"ning sobiq hujumchisi, chililik Ivan Samorano bo'lajak jahon chempionati finali haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Messi qirol, Mbappe esa shahzoda. O'ylaymanki, o'yin juda keskin bo'ladi, har ikki jamoa ham o'zlarining kuchli tomonlariga ega, ikkalasi ham jamoaviy futbol o'ynaydi, lekin ko'p harakatlar maydon markazida bo'lib o'tadi" - dedi Samorano fcinter1908.it saytiga.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya turnirning amaldagi sohibi, Argentina terma jamoasi esa 1986 yildan buyon jahon chempionatida g'alaba qozona olmayapti.