"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu sudda ko'rsatma bergani aks etgan videoyozuvning oshkor qilinishidan darg'azab bo'lgan.
Avvalroq, Correio da Manha nashri futbolchining soliqlardan bo'yin tovlaganlik bo'yicha o'tkazilgan sud mahkamasidagi gaplari yozilgan videoni ommaga yoygan edi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, endi futbolchi nashr rahbariyatini sudga berish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda.