"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks vakili bo'lgan agent Jorje Mendesh mijozi uchun klub qidirishda davom etmoqda. Goal xabariga ko'ra, vositachi portugaliyalikning xizmatlarini "Real"ga taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi Madridning "Atletiko" klubini tark etish istagini bildirgan edi.
Avvalroq, Feliksni qo'lga kiritish uchun kurashda "Arsenal" etakchilik qilayotgani xabar qilingandi. "Atletiko" esa o'z navbatida futbolchiga 140 million evro narx belgilagan.