«Barselona» va «Reala» prezidentlari 16 dekabr, juma kuni o'zaro uchrashadigan bo'lishdi. Florentino Peres va Joan Laporta Madridda Evropa superligasi musobaqasining kelajagini muhokama qilishadi. Ularning safiga «Yuventus» klubi sobiq prezidenti Andrea Anelli ham qo'shiladi.
Yig'ilishda Superliga bosh direktori Bernd Rayxart hamda UEFA va FIFAga qarshi sud jarayonini olib borayotgan yuridik firma rahbari Luis Alonso ham ishtirok etishadi.