Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos jamoadoshi Luka Modrich jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlamaydi, deb hisoblaydi.
"Agar taxmin qilishim kerak bo'lsa, Modrich Evro-2024da o'ynaydi deb aytgan bo'lardim", - deya Kroosdan iqtibos keltiradi Madrid Zone.
Kecha Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Argentinaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Modrich o'yindan so'ng xalqaro faoliyatini yakunlash yoki tugatishini aytmadi.