Jurnalist Fabritsio Romano yarim himoyachi Luka Modrichning 2018 yilning yozida "Real"dan "Inter"ga o'tmagani haqidagi ma'lumotni tarqatdi.
"2018 yilda Modrich nafaqat "Inter"da bo'lishi mumkin edi, balki unga bu klubga o'tish va'da qilingandi. Keyin Luka "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, shundan so'ng prezident Florentino Peres bu fikridan voz kechdi va xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi" - dedi Romano SOS Fanta bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan. Avvalroq Modrich shartnomani yana bir yilga uzaytirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.