"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich ispan klubidagi kelajagi haqida gapirib berdi.
Eslatib o'tamiz, xorvatiyalikning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Ayni damda men jahon chempionatidaman va bor e'tiborimni Xorvatiya terma jamoasiga qaratganman. "Real"ga kelsak, hamma narsa haqida gapirishga hali etarlicha vaqt bor.
Shaxsan men faoliyatimni “Real”da yakunlamoqchiman, bu haqda ko'p marta aytganman”, dedi u.
Joriy mavsumda faxriy futbolchi barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.