Karlo Anchelotti "Real"ni tark etish haqida o'ylamayapti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) italiyalik murabbiyni terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlamoqchi ekanligi va Anchelottining o'zi bu ishni 2023 yilning iyun oyida boshlashga tayyorligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Biroq, Marca nashri xabariga ko'ra, murabbiy to'liq e'tiborini "Real"ga qaratgan. U klubda shartnoma muddati tugaguniga qadar qolish va ehtimol 2024 yilgacha uzaytirish niyatida.
Anchelotti ham, "Real" ham hamkorlikni muddatidan oldin tugatish variantlarini ko'rib chiqmayapti.