"Benfika" yarim himoyachisi Entso Fernandes "Liverpul"ga o'tishi mumkin.
Sports Illustrated nashrining xabar berishicha, ingliz klubi 120 million funt to'lashga tayyor - bunday tovon puli futbolchining klub bilan shartnomasida ko'rsatilgan.
Bundan tashqari, “Liverpul” va Fernandes shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga yaqin turibdi.
Avvalroq, 21 yoshli futbolchi uchun kurashda "Real" "qizillar" bilan raqobatlashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Portugaliya chempionatining joriy mavsumida 13 ta uchrashuvda Fernandes 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.