PSV klubi direktori Marsel Brands jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Kodi Gakpo haqida gapirdi.
23 yoshli hujumchining transferi Qatardagi jahon chempionati vaqtida transfer bozorida eng ko'p muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Mish-mishlarga ko'ra, Gakpoga "Manchester Yunayted", "Real", "Bavariya" va Londonning "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Faqat 10-12 klub yanvar oyida Gakpo transferini amalga oshirishi mumkin. Kelishuv nafaqat bizning talablarimizni, balki Kodining o'ziga ham mos kelishi kerak. Hozircha bizga rasmiy takliflar kelib tushmadi. Tez orada kimdir katta pul to'lashga tayyormi yoki yo'qligini bilib olamiz ", dedi Eyndxoven klubi direktori.