“Milan” va Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau hamon Evropa futboli gigantlari qiziqishida.
23 yoshli futbolchi "Milan" bilan 2024 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirish niyatida emas, ammo "rossoneri" portugaliyalikning transfer narxini kamaytirmayapti.
Insayder jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Chelsi", "Real" va "Manchester Siti" Leau transferi bo'yicha "Milan" bilan bog'lanishgan va londonliklardan 70 million evrolik taklif olishgan. Italiya klubi o'z yulduzi bilan xayrlashishga tayyor, faqat xaridorlar 150 million evro to'lashsa.