Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, avvalroq chorak finalda jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng o'z lavozimini tark etgan Titening o'rniga asosiy nomzod hisoblanadi.
Braziliyalik jurnalist Bruno Andradening yozishicha, italiyalik mutaxassis joriy mavsum yakunida Pentakampeonelarni boshqarishga rozi. Anchelottining "Real" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Anchelotti Madridning "Real"dagi faoliyati uning murabbiylik faoliyatidagi so'nggisi bo'lishini aytgan edi. Hozirda Karlo 63 yoshda.