"Liverpul"ning kolumbiyalik hujumchisi Luis Dias jarohati sabab uzoq safdan chiqdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, futbolchiga o'ng tizzasining bog'lami yorilishi tashxisi qo'yilgan. Qayta tiklash davri kamida uch oy bo'ladi. U mashg'ulotlarda jarohat oldi. Shu tariqa, kolumbiyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Real”ga qarshi har ikkala o'yinini ham o'tkazib yuboradi.
25 yoshli Dias joriy mavsumda “Liverpul” safida barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.