"Atletiko Madrid" himoyachisi Filipe Luis "Oltin to'p" haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Oltin to'p" - shaxsiy mukofotdir. Krishtianu Ronaldu o'tgan mavsum oxirgi ikki oyni hisobga olmaganda hech narsa qilmadi. Men Messiga xayron qolaman, u bilan tez-tez to'qnashib tursak ham u hech qachon shikoyat qilmagan. Ammo hech qachon uning futbolkasini so'ramaganman va bunday qilishni xohlamayman ham. Men Messiga qarshi o'ynayman." - deydi Luis.