"Real" himoyachisi Nacho Fernandes yanvar oyidagi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, Nacho endi “qirollik klubi”da o'rinbosar bo'lishni istamasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti unga kafolat bera olmaydigan tarkibda o'ynashni istamaydi. Shu boisdan Fernandes joriy mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslik istagini bildirdi.
Avvalroq, yaqinda futbolchining sobiq ustozi Xulen Lopetegi boshchiligidagi Angliyaning "Vulverxempton" klubidan Nachoga qiziqish bildirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.