"Renn" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Lovro Mayer "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Real Madridga o'tish haqidagi mish-mishlar"? Mendan bu haqda so'ramang, bor e'tiborimni jahon chempionatiga qaratganman”, – deya xorvatiyalik yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Marca.
24 yoshli Mayer Frantsiya chempionatining joriy mavsumida “Renn” safida 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Lovro Liga 1da joriy mavsumda bitta gol va ikkita golli uzatmaga ega.