"Manchester Yunayted" "Real"ning yarim himoyachi Alexandro Garnachoga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga tezda munosabat bildirdi. Relevo xabariga ko'ra, "qizil iblislar" argentinalik futbolchi uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Manchester Yunayted" 18 yoshli iqtidor futbolchisi bilan 2027 yilgacha yangi shartnoma imzolashni istamoqda. Alexandroning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi. Bu faktni inobatga olgan holda, Madridning “Real” klubi vaziyatdan unumli foydalanib, argentinalik futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.
Garnacho bu mavsumda Londonning “Fulxem” klubiga qarshi o'yinda APLda bitta gol urdi.