"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Portugaliya terma jamoasidagi Krishtianu Ronalduning holati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Futbolchi JCh-2022 1/8 finali doirasidagi Shveytsariyaga (6:1) qarshi o'yinda asosiy tarkibdan joy olgani yo'q.
“Ronaldu bilan nima muammo bor? Bilmadim, balki u hali ham o'zini 20 yoshga kirgandek his qilayotgandir. Faoliyati davomida u sog'lig'iga e'tiborli bo'ldi va o'zini hamon ajoyib his qilmoqda, ammo hozir raqobat keskinlashdi", - dedi Anchelotti.
Uning so'zlariga ko'ra, u futbolchi bilan birga ishlagan vaqt davomida Ronaldu muammo tug'dirmagan, balki ularni hal qilgan.