Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti dunyoning eng yaxshi yosh hujumchilarini sanadi.
“Ibra, Ronaldu, Suares, Kavani, Messi va Benzemalar davri tugayapti. Ular 35 yoshda. Levandovski kelasi yili 35 yoshga to'ladi.
Hujumchilarning yangi avlodi Mbappe, Risharlison, Xoland, Xulian Alvares va Darvin Nuneslardir.
Gonsalu Ramush haqida (Shveytsariyaga qarshi o'yindan oldin) eshitganmidim? Tan olaman, men u haqida bilmaganman", - dedi Anchelotti.
21 yoshli portugaliyalik Gonsalu Ramush JCh-2022 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi.