«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi.
Modrichning "Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Tomonlar hozircha uni uzaytirishmadi. "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino esa tajribali futbolchi o'z jamoasi safida ko'rishni istamoqda.
Manbaga ko'ra, Modrichning o'zi ham A seriyaga ko'chib o'tishga va o'zi yaxshi bilgan murabbiy bilan birga ishlashga qarshi emas.