Braziliya va Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior 8 ta asosiy bolalik orzulari ro'yxatini ko'rsatdi. Qizig'i shundaki, futbolchi ularni bir parcha qog'ozga yozib ko'ygan va ularni amalga oshirish yo'lida tinimsiz mehnat qilgan.
Istaklar ro'yxati bilan tanishing:
O'zi sevgan klubda o'ynash.
Jahon chempionatida g'alaba qozonish.
Dunyoning eng katta klubida o'ynash.
Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilish.
Bolalarga ilhom berish.
"El-klasiko"da gol urish.
Chempionlar ligasida g'alaba qozonish.
Barcha braziliyaliklarni xursand qilish.
Braziliyalik o'z yozuvini “Har doim esda tuting: qo'rquv shunchaki illyuziya” degan so'zlar bilan yakunladi.
Ta'sirlisi shundaki, Vinisius 22 yoshida o'sha 8 orzuning kamida 6 tasiga erishdi.
Agar shu oy oxirida Braziliya jahon chempionatida g'olib chiqsa, ro'yxatdagi orzular to'liq ushalgan bo'ladi. Ajoyib!