Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eden Azar belgiyalik muxlislarga xayrlashuv maktubi yozdi. Eslatib o'tamiz, futbolchi xalqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
“Bugun men sahifani yopishga qaror qildim. Sevgingiz uchun rahmat. Ajoyib yordam uchun rahmat. 2008 yildan beri boshimdan kechirgan barchachi uchun tashakkur. Men xalqaro faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu yakuniy qaror. Sizlarni sog'inaman”, — deb yozdi Azar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.