A Seriyaning eng qimmat futbolchisi Rafael Leauning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Milan" portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda, lekin Evropaning bir qator grandlari unga qiziqish bildirmoqda. "Real" ham bundan mustasno emas.
Biroq Madrid klubi Leau uchun pul sarflashni rejalashtirmayapti. Calciomercato xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" 2024 yilning o'rtalarida Portugaliya terma jamoasi o'yinchisini tekinga olishni kutishmoqda. Agar Rafael Italiya chempioni bilan shartnomani yangilamasa, "Real Madrid"da shunday imkoniyat paydo bo'ladi.