"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o'zi London klubidan "Real" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Marko Asensioni qishki transfer oynasida qo'lga kiritishni so'radi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.
26 yoshli futbolchi o'z kelajagini o'z terma jamoasi sharafini himoya qiladigan Qatardagi jahon chempionatidan so'ng hal qiladi.
Joriy mavsumda Asensio “Real” safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.