Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning jahon chempionatini tark etishi haqida fikr bildirdi.
"Germaniya guruh bosqichida ketma-ket ikki marta jahon chempionatidan chiqib ketmasligi kerak edi. Menimcha, muammo futbolchilarning sifati emas, avtomatizm va barqarorlikning yo'qligida", — dedi Kroos Magenta Tv telekanalida.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida Kroosning o'zi "Real" bilan shartnomasini yakunlaydi. Futbolchi Evro-2020dan keyin xalqaro faoliyatini yakunlaganini ma'lum qilgan edi.