"Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Marko Asensio qishki transfer oynasida klubini almashtirishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Arsenal", "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Asensio 2015 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsumda La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.