Belgiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi o'yini uchun muxlislardan uzr so'radi.
“Doim biz bilan bo'lgan barcha muxlislarga achinamiz. Biz faqat qo'limizdan kelganini qilishga va yana urinib ko'rishga va'da berishimiz mumkin. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur”, — deb yozadi belgiyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi kecha Xorvatiya terma jamoasi bilan golsiz durangdan so'ng jahon chempionatini sensatsion tarzda tark etgandi.