"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Monako"da o'ynab yurgan paytlarida Aurelien Tchuameni bilan shartnoma imzolashni tavsiya qilganini aytdi.
“Men Tchuamenini “Barselona”ga tavsiya qildim. Jamoa Busketsga o'rinbosar topmoqchi edi. Men Aurelienni ideal nomzod deb o'ylagandim, ammo o'ylaymanki, klub maksimal 40 million evro taklif qilishi mumkin edi", - deya Fabregasning so'zlarini keltiradi Footmercato.
Eslatib o'tamiz, Tchuameni va Fabregas avvalroq bir necha yil "Monako"da birga o'ynashgan.