Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Oliyhimmat Ryudiger...

«Real» klubi va Germaniya milliy jamoa­si himoyachisi Antonio Ryudiger jahon chempionatidagi ishtirok uchun olgan mukofot pulini to'liq xayriya ishiga yo'naltirdi

.
- Yuklab olish

«Real» klubi va Germaniya milliy jamoa­si himoyachisi Antonio Ryudiger jahon chempionatidagi ishtirok uchun olgan mukofot pulini to'liq xayriya ishiga yo'naltirdi

To'g'rirog'i, u Serra-Leoneda maymoqlik nuqsoni bilan tug'ilgan 11 nafar bolaning narxi baland operatsiyasi xarajatini o'z zimmasiga oldi. Qoyil, Antonio, himmatingga balli!

Tug'ma maymoq bolalarning jarrohlik amaliyoti ancha murakkab va qimmat ham. Ayniqsa, Serra-Leone kabi mamlakatlarda bu kabi operatsiyalarni ko'tarolmaydigan oilalar ko'p. Ryudiger shuni inobatga olgan holda, ajdodlari yurtidagi 11 nafar bolakay operatsiyasini to'liq moliyalashtirdi. Aytish kerak, maymoqlik nuqsoniga vaqtida e'tibor qaratilmasa, bola butun umri bo'yi qo'ltiqtayoqdan foydalanishga majbur bo'ladi. Boz ustiga, Serra-Leoneda tug'ma maymoqlarga munosabat uncha yaxshi emas. Deylik, ular ko'chada kalaka ostida qolishadi ko'pincha. Eng yomoni, ulg'ayishgach ham, ish topish masalasida qiynalishadi.

Antonio Ryudiger ushbu xayriyaga qalban ezilayotgani tufayli qo'l urganini yashirmadi: «Serra-Leoneda yosh bolalar qanday sharoitlarda o'sib-ulg'ayotganlarini ko'rib, rosa qiynalyapman. Maymoq nuqsonini yo'qotishga qaratilgan jarrohlik amaliyotida oyoq deformatsiyasi shu darajada tuzatiladiki, bemor bola bir necha oylik muolajadan ke­yin nihoyat, bemalol qadam bosishi mumkin. Bemor bolalarni shu asnoda faol ijtimoiy hayotga qaytarish imkoni bor. Germaniyada menga katta imkoniyatlar berildiki, bularni Serra-leonelik ko'plab odamlar hattoki, orzu ham qilolmaydilar. Albatta, taqdirimdan minnatdorman va imtiyozli hayotimni talab darajasida qadrlayman. Kimlargadir yordam berish qo'limizdan kelar ekan, nega jim turishimiz kerak? Axir muhtojlar boshini silash sharaf-ku. Umuman, bu oxirgisi emas. Kelajakda oilam bilan Serra-Leoneda yana ko'plab loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirib qo'yganman».

Antonio Ryudiger 11ta operatsiya uchun ketadigan jami summani aytishdan esa bosh tortdi. Bu ham xayrli ish namunasi va kamtarlikdir.

BestMaster
1 Dekabr 2022, 08:40
oliyhimmat, ryudiger,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads