"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Madrid klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
“Albatta, har bir uchrashuvda maydonga tushishni xohlardim. "Real Madrid"da vaziyat shunday: men yaxshi futbolchilar bilan raqobatlashaman, ular mendan oldinda. Menga yoqadi deb ayta olmayman, chunki zaxirada o'tirish unchalik yoqimli emas.
Futbolchi bo'lsang, har bir o'yinda o'ynashni xohlaysan. Bu zerikarli demoqchi emasman, lekin sabr qilish kerak. Men butun umr bu rolni o'ynashni xohlamayman. Mendan oldinda ko'plab futbolchilar borligini tushunishingiz kerak. Men ulardan o'rganishim kerak, keyin mening vaqtim keladi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Goal.
Joriy mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida “Real” safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Ispaniya chempionatining har bir o'yinida u o'rtacha 36 daqiqa maydonda o'tkazadi. Yarim himoyachi 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgan va hali birorta ham o'yinda maydonga tushmagan.
Kamavinga Madrid jamoasida 2021 yildan beri o'ynab kelmoqda. "Real" futbolchining transferi uchun "Renn"ga 40 million evro to'lagan.