Madridning “Real” klubi "Leyptsig" va Germaniyaning chap qanot himoyachisi David Raumga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" kelasi yozda futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Transfer summasi 40 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
24 yoshli Raum joriy mavsumda "Leyptsig" va Germaniya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.