"Palmeyras" hujumchisi Endrik "Real"ga o'tishga yana bir qadam yaqinlashdi.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, futbolchining vakillari tez orada "qirollik klubi" rahbariyatining shaxsiy taklifiga binoan Ispaniya poytaxtiga tashrif buyurishadi.
16 yoshli Endrik Braziliya chempionatidagi o'yinlari bilan Evropaning ko'plab top-klublari e'tiborini tortdi. Endrikning xizmatlariga "Real"dan tashqari Londonning "Chelsi" va Frantsiyaning "PSJ" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hujumchining o'zi oilasi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradigan klubga o'tish niyati borligini malum qilgandi.