Madridning “Real” klubi rahbariyati frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning jarohati darajasidan xavotirda, deb xabar beradi MadridXtra.
Futbolchi mavsum boshidan beri beshinchi bor mushak jarohatini oldi. Yangi jarohati tufayli hujumchi 2023 yilda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda 34 yoshli Benzema "Real Madrid" safida barcha turnirlarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.