Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema va “Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Rafael Varan Frantsiya terma jamoasida to'liq mashg'ulotlarni boshlashdi.
Ikkala futbolchi ham jahon chempionatiga eng yaxshi holatda etib kelishmadi va hozirgacha individual dastur bilan shug'ullanishayotgandi. Jurnalist Adrien Grenierning tarqatgan xabariga ko'ra, bugun Benzema va Varanga jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlanganidan beri ilk bor umumiy guruhga mashg'ulotlarga kirishga ruxsat berildi.
Frantsiya terma jamoasi turnirdagi o'yinini 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadigan Avstraliyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.