Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Siti" taklifini rad etgani haqida kecha, 18 noyabr kuni xabarlar tarqalgan edi.
The Telegraph nashriga ko'ra, "shaharliklar" 32 yoshli germaniyalikga 2025 yilgacha shartnoma va uning "Real"da oladigan maoshidan ko'proq mablag' taklif qilgan. Ammo Kroos barchasini rad etgan.
2014 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilayotgan Kroosning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi.