"Palmeyras"ning 16 yoshli hujumchisi Endrikning otasi Duglas Souza "PSJ" bilan muzokaralar haqida gapirdi.
"Ayni damda "PSJ" "Palmeyras" bilan muzokara boshlagan va rasmiy taklif bilan chiqqan yagona klubdir.
Turli mamlakatlarning ko'plab klublari uni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "PSJ" allaqachon o'z harakatini amalga oshirdi" - dedi Souza Canal do Nicola bilan suhbatda.
Oldinroq Madridning “Real” klubi Endrik borasida muzokaralar olib borish uchun Braziliyaga o'z vakilini yuborgani haqida xabar berilgandi.