Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqish bildirmoqda. Biroq ispan klubi futbolchi uchun talab qilinadigan 150 million evroni to'lashga tayyor emas, deb yozadi Sport.es.
Bellingem joriy mavsumda “asalarilar” safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
19 yoshli futbolchining “Borussiya” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" ham kurash olib bormoqda.