Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius: "Jarohat olib, JChni o'tkazib yuborishdan qo'rqdik"

Vinisius Junior o'ziga qilinayotgan qo'polliklar haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

Vinisius Junior o'ziga qilinayotgan qo'polliklar haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchi Evropaning top-5 ligasida eng ko'p qoida buzarlikka uchraydigan futbolchi hisoblanadi.

"Maydonda sodir bo'layotgan narsa maydonda qoladi, ammo bu juda uzoqqa cho'zildi. Siz kuchli bo'lishingiz mumkin, lekin raqiblar yakkakurashlarda qo'pollik qilishadi. Rodrigo va men so'nggi o'yinlarda juda ko'p azob chekdik va eng yomoni – jarohat olish va jahon chempionatini o'tkazib yuborishdan qo'rqdik.

Muhim o'yinchi bo'lishni boshlaganingizda, raqiblar sizga qarshi ko'proq o'ynashni boshlaydilar. Siz u bilan kurashishni o'rganishingiz kerak. Neymar "Barselona"da o'ynaganida men undan ko'p narsani o'rgandim, u ham ko'p azob chekdi. Krishtianu Ronaldu ham "Real"da o'ynaganida juda ko'p azob chekdi.

Ammo Karim Benzema menga xotirjam bo'lishni aytdi, chunki raqiblar sizning orqangizdan bo'lsa, demak, siz muhimsiz, ular sizdan qo'rqishadi.

Shu bois to'pni olib, oldinga o'tsam, buni o'ch olish ishtiyoqi bilan qilaman. Ha, jarohat olishim mumkin. Lekin men bu sinovga tayyorman” - dedi “Real” va Braziliya terma jamoasi forvardi.

BestMaster
19 Noyabr 2022, 18:00
vinisius, jarohat, olib, jchni, otkazib, yuborishdan, qorqdik,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads