"Barselona" bu mavsumdagi uy uchrashuvlarida Evropada eng ko'p muxlislarni jalb qilmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, La Liganing 2022/23 yilgi mavsumining birinchi qismida "Kamp Nou"ga o'rtacha tashrif buyuruvchilar soni 83 194 nafarni tashkil qilgan. Joriy mavsumda "Barselona"ning ikkita o'yinida - "Inter" (3:3, 92 302 kishi) va "Almeriya" (2:0, 92 605 muxlis)ga qarshi o'yinda 90 000 dan ortiq muxlis tashrif buyurdi.
Joriy mavsumda o'rtacha tomoshabinlar soni bo'yicha Evropaning eng yaxshi 10 klubi quyidagilar:
1. "Barselona" (liga o'yinlarida 83 194);
2. "Borussiya Dortmund" (81 032);
3. "Bavariya" (75 007);
4. «Manchester Yunayted» (74 184);
5. “Milan” (72 656);
6. “Inter” (72 080);
7. "Marsel" (62,136);
8. "Roma" (61 794);
9. «Shalke» (60 870);
10. “Arsenal” (60,135).
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid"ning joriy mavsumdagi uy uchrashuvlariga o'rtacha tashrifi 57 552 kishini, "Atletiko" esa 54 507 kishini tashkil qilgan.