"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala o'zini Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashayotganini aytdi.
"Meni Ronaldu va Messi bilan taqqoslashyapti? Demak, kelajagim buyuk bo'lishidan bashorat berishmoqda.
Ularning darajasiga etib olishga harakat qilaman, ammo bu juda qiyin bo'ladi. Men bu maqsadga erishish uchun astoydil mehnat qilaman" - dedi hujumchi EL Mundo Deportivo xabarida.