Braziliya terma jamoasi va "Real" klubi vingeri Vinisius Junior Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi.
“Neymar bilan jahon chempionatida birga o'ynash barchamizning orzumiz, chunki biz u bilan birga o'sganmiz va hozir u bizning etakchimiz. Unga jahon chempionatida g'alaba qozonishdek asosiy maqsadiga erishishda yordam bermoqchimiz", - dedi 22 yoshli futbolchi.
Braziliya terma jamoasi Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.