"Real" hujumchisi Karim Benzema jahon chempionati arafasida o'zini qanday his qilayotganini aytib o'tdi.
«Hozir ahvolim yaxshi. Oyog'imda biroz og'riq bor edi. Ammo hech qanday lat eyish yoki jarohatlar yo'q edi. Maydonga tushishim mumkin edi, biroq 100 foiz kuch bilan harakat qila olmasdim.
Gap tavakkalchilikda emas, shunchaki o'zimga ishonchim komil emas edi. Biroz og'riq bezovta qilayotgandi.
Hozir esa mashg'ulotda ishtirok etyapman, trenajyor zalida shug'ullanyapman. Hammasi joyida», – dedi Frantsiya milliy jamoasi hujumchisi.