"Real Madrid" yarim himoyachisi Eden Azar nega jamoaning asosiy tarkibida o'ynamasligini tushuntirishga harakat qildi. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi Ispaniya chempionatida bor-yo'g'i 98 daqiqani maydonda o'tkazdi va birorta ham samarali harakati bilan ajralib turmadi.
"Menga nima etishmayapti? O'yin vaqti. Ammo boshqa tomondan, “Real”da ayni damda mendan yaxshiroq futbolchilar borligini tushunaman. Men buni inkor eta olmayman", - deya Edenning so'zlarini keltirmoqda Ispaniyaning Marca nashri.
Avvalroq Azar qishki transfer oynasida “Real”ni tark etmasligini aytgan edi.