"Real" va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Krishtianuning ko'zi bog'langanga o'xshaydi. Ehtimol, u o'zini hali ham zo'r deb hisoblar va 50 yoshgacha o'ynay olar. Lekin men unga JCh-2022dan faoliyatiga nuqta qo'yishni maslahat bergan bo'lardim. O'zingizni yuqori saviyada o'ynayapman, deb o'ylashni to'xtating. U o'zining xudbinligini birinchi o'ringa qo'yadi", - dedi Kassano Goal.com nashriga.