"Real" hujumchisi Eden Azar yozda Madrid klubini tark etishi mumkinligini tan oldi. 31 yoshli belgiyalik futbolchining shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
“Yanvarda keta olmayman, chunki oilam va menga bu shahar yoqadi. Lekin yozda ketishim mumkin. Yana bir yil shartnomam bor. Agar klub menga: "Eden, to'rt yil uchun rahmat, lekin sen ketishing kerak", desa, men buni qabul qilishim kerak, chunki bu normal holat. Lekin men ko'proq o'ynashni, ko'proq o'ynay olishimni va yaxshi futbolchi ekanligimni ko'rsatishni istardim", - dedi Azar.